Chet tili o`qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari

Guliston shahar xalq ta’limi bo’limi tassarufidagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan chet tili o`qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun test sinovlari 2018 yil 26- dekabr kuni Guliston shahar 14-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tadi. Test joyi, kuni va vaqtini nsfla.uz sayti “Shaxsiy kabinet” orqali aniqlashingiz mumkin.

Test sinovi topshiriladigan bino hududiga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishingiz so’raladi. Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo’shimcha test sinovi o’tkazilmasligini ma’lum qilamiz.